Huawei 1
"O'zini  yakkalash" hayot  tarzida  oziq-ovqat  mahsulotlari  xaridi bo'yicha  tavsiyalar

"O'zini  yakkalash" hayot  tarzida  oziq-ovqat  mahsulotlari  xaridi bo'yicha  tavsiyalar:

Oziq-ovqat mahsulotlarini uzoq muddatga, ortig'i bilan sotib olish shart emas, boisi savdo shahobchalarimiz  yetarli  darajada  zaxiraga ega.

Tez buziluvchan mahsulotlarni keyinroqqa qoldirib, asosan xona haroratida yaxshi saqlanadigan oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olgan  ma'qul. Asosiysi, mahsulotning   yaroqlilik muddati, qadoqning nuqsonsizligi va tarkibini tekshirib olish muhim.

Onlayn buyurtma qanday tarzda yetkazib berilganligini tekshirish zarur. Tez buziluvchan oziq-ovqatlar muzlatkich-xaltasi yoki termopaketda saqlangan bo'lishi kerak.  Agar bu qoidaga rioya qilinmagan bo'lsa, buyurtmani ikkilanmay qaytaring.

Do'konga yo'l olayotganda shaxsiy gigiyena qoidalarini unutmang! Agarda qo'lingizda qo'lqop bo'lmasa, aravachalarni va savatchalarni spirtli sochiqlar bilan artish kerak. Onlayn xaridlarda esa mahsulotlarni ochishdan oldin qo'lni albatta sovun bilan  yuvish zarur.

"O'zini yakkalash" hayot  tarzida ko'proq meva-sabzavot,  oqsilga boy  mahsulotlarni iste'mol  qilgan ma'qul. Bunday ovqatlanish  immunitet oshishiga  yordam  beradi hamda ortiqcha  vazndan  saqlaydi.

Ma'lumot  o'rnida, mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish hamda nazoratdan chiqarmaslikni ta'minlash maqsadida  joriy yil 6 apreldan “o'zini yakkalash” hayot tarzi Nukus va Toshkent shaharlari hamda viloyatlar markazlarida majburiy ravishda joriy etilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122623 | Инструменты