Huawei 1
Ozodbek Nazarbekov ishtirokidagi reklama roligi bo‘yicha o‘rganish ishlari boshlandi — Raqobat qo‘mitasi

Ijtimoiy tarmoqlarda Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov kiyim do‘konini reklama qilib chiqdi. Mazkur holat tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Raqobat qo‘mitasi tomonidan holat yuzasidan “Reklama to‘g‘risida”gi qonuni doirasida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Maʼlumot uchun, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining asosiy vazifalaridan biri mamlakatda reklama sohasiga oid qonunchilikni nazorat qilib borish hisoblanadi.

Eslatib o'tamiz, ushbu qonunning 16-moddasiga ko‘ra, tovar davlat organlari yoki ularning mansabdor shaxslari tomonidan ma’qullanganligini ko‘rsatish taqiqlanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122317 | Инструменты