Shavkat Mirziyoyevning 5-sentyabrdagi farmoni bilan Qirg‘izistonning madaniyat va san’at sohasidagi quyidagi ikki vakili faxriy unvon bilan mukofotlandi:
Farmonda qayd etilishicha, ular ikki mamlakat o‘rtasidagi azaliy do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari hamda strategik sheriklik aloqalarini rivojlantirish, o‘zaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish borasidagi katta xizmatlari, o‘zining yorqin va betakror iste’dodi, musiqa va qo‘shiqchilik yo‘nalishidagi sermahsul ijodiy faoliyati bilan madaniyat va san’at sohalarida muloqotni kengaytirish, mushtarak tarixiy meros, ma’naviy qadriyat va an’analarni asrab-avaylash va boyitishga qo‘shgan munosib hissasi, qardosh xalqlar orasidagi birodarlik rishtalarini mustahkamlash yo‘lidagi ibratli ishlari uchun mukofotlandi.
Sadir Japarovning shu kuni imzolangan farmoni bilan O‘zbekistondan ham madaniyat va san’at sohasidagi ikki vakilga fahriy unvon berildi:
Hujjatda aytilishicha, ushbu unvonlar Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasida madaniyat va sanʼat sohasidagi do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shgan katta hissasi uchun berildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11513 | Инструменты