Huawei 1
Parlamentlararo hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama etildi

6-aprel xalqaro hamkorlikni kengaytirish va parlamentlararo muloqotni mustahkamlash maqsadida Senat Rasi Tanzila Narbayeva bir qator muhim ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi.

Belarus Respublikasi Milliy Majlisi Respublika Kengashi Raisi Natalya Kochanova bilan bo‘lib o‘tgan muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va innovatsion sohalardagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Ikki mamlakat rahbarlari darajasida erishilgan kelishuvlarni amaliyotga tatbiq etishda parlamentlarning rolini oshirish zarurligi taʼkidlandi.

Shuningdek, Turkmaniston Mejlisining Raisi Dunyagozel Gulmanova bilan ham uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Suhbat chog‘ida ikki mamlakat parlamentlari o‘rtasidagi aloqalarni tizimli asosda rivojlantirish, tajriba almashish va parlamentlararo hamkorlikni institutsional darajaga ko‘tarish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.

Hindiston Respublikasi parlamentining quyi palatasi – Lok Sabha Spikeri Om Birla bilan uchrashuv ham yuqori darajada bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston tomonidan Lok Sabhada “O‘zbekiston-Hindiston” parlamentlararo do‘stlik guruhi tashkil etish taklif qilindi. Shuningdek, parlament sohasida kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha Hindiston parlamenti huzuridagi Institut bilan hamkorlik qilishga qiziqish bildirildi.

Shubhasiz, bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar O‘zbekistonning Belarus, Turkmaniston va Hindiston bilan ko‘p qirrali hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi. Delegatsiya aʼzolari tomonlar o‘rtasida ochiq va samarali muloqot muhiti yaratilgani, kelgusida amalga oshiriladigan loyihalarning amaliy ahamiyati taʼkidlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40905 | Инструменты