Pensiyani naqd shaklga o‘tkazish osonlashdi

O‘zbekistonda pensiyani naqd pul shaklida olishni onlayn tarzda tanlash imkoniyati yaratildi. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi xabar bermoqda.

Bundan buyon fuqarolar Yagona portal – my.gov.uz sayti yoki MyGov ilovasi orqali “Pensiya to‘lovini naqd shaklga o‘tkazish” xizmatidan foydalanishi mumkin.

Pensiya jamg‘armasi maʼlumotiga ko‘ra, 2026 yil yanvar oyi holatiga 4,2 million nafar pensionerdan 3,8 million nafari pensiyani naqdsiz shaklda, qariyb 400 ming nafari naqd pul shaklida oladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12115 | Инструменты