Huawei 1
Poytaxtda bir nechta fuqarolar o‘zaro janjallashdi

Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta fuqarolar o‘zaro janjallashganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. 

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB izoh berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 19 iyun kuni taxminan soat 22.30 larda Yangihayot tumani, O‘zar ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylar oldida 2003 yilda tug‘ilgan A. Q, 1999 yilda tug‘ilgan A.J., 2000 yilda tug‘ilgan N. I. va 2003 yilda tug‘ilgan L. S. lar og‘zaki tortishib qolganliklari natijasida tomonlar o‘zaro janjallashib ketganliklari aniqlangan. Janjal natijasida hech kim tan jarohati olmagan.

Mazkur holat yuzasidan ushbu fuqarolarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasi (“Mayda bezorilik”) alomatlari bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga yuborilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62102 | Инструменты