Huawei 2
Poytaxtdagi 30, 95, 110 va 129-sonli avtobuslarning harakat yo'nalishi o'zgardi

Toshkent shahridagi Ohangaron yo‘li ko‘chasidan Parkent ko‘chasiga o‘tish uchun yer sathi bo‘ylab Temur Malik ko‘chasida tashkil etilgan ortga burilib olish joyi yopilganligi munosabati bilan, 2024-yil 9-may kunidan boshlab, 30, 95, 110 va 129-sonli avtobus yo‘nalishlarining to‘g‘ri yo‘nalishdagi shaharning markaziy qismlari tomon harakati, Ohangaron yo‘li ko'chasidan T.Malik ko'chasiga kirmasdan, Parkent ko‘chasi orqali uch qavatli yo‘l o‘tkazgichning tonnel qismi orqali o‘zgartiriladi.

Bundan tashqari, yo‘lovchilardan kelib tushgan murojaatlar asosida 72-sonli “Aviasozlar – Jomiy maydoni” avtobus yo‘nalishining ish boshlash vaqti soat 5:30 dan 5:00 ga uzaytirildi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga