Huawei 1
Poytaxtning 5 ta tumanida issiq suv ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar uzaytirildi

Toshkent shahrining Yunusobod, Mirzo-Ulug‘bek, Shayxontohur, Olmazor va Yashnobod tumanlarining ayrim hududlarida “Toshkent shahar ETK” AJ tomonidan olib borilayotgan 110 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlaridagi ta’mirlash ishlari 2025-yil 23-aprel soat 18:00 gacha uzaytirildi.

Shu sababli, issiq suv ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar ham uzaytirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, mahalliy qozonxonalardagi nasoslar elektr energiyasida ishlaydi, va elektr ta’minoti bo‘lmaganda, issiq suv uzatib bo‘lmaydi.

"Veolia Energy Tashkent mutaxassislari “Toshkent shahar ETK” AJ tomonidan elektr ta’minoti tiklangach, issiq suv ta’minotini imkon qadar tez fursatda qayta yoqadi", deyiladi kompaniya xabarida.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42216 | Инструменты