O'zbekistondan Buyuk Britaniyaga o'rik danagi mag'zi eksporti yo'lga qo'yildi

O'zbekistondan Buyuk Britaniyaga ilk marotaba o'rik danagi mag'zi eksport qilindi

Mahsulotning dastlabki partiyasi shu yil 18-aprel kuni "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasining "Toshkent-London" yo'nalishidagi reys orqali London shahriga yetkazib berildi.

O'zbekistonda yetishtirilgan o'rik danagi mag'zi Britaniyaning yetakchi savdo tarmoqlarida sotilishi ko'zda tutilmoqda.

Hozirgi kunda respublika korxonalari tomonidan Britaniya bozorlariga 30 xildan ortiq turdagi tovarlar, xususan, uzum, quritilgan va konservalangan meva hamda sabzavotlar, yong'oq, qovun va dukkakli mahsulotlar eksporti amalga oshirilayapti.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22203 | Инструменты