Mirobodda “gastronomik” ko‘cha qurilishi boshlandi. Shu sababli, Taras Shevchenko ko‘chasining Said Baraka va Fidokor ko‘chalari kesishmasidagi 250 metr qismi 25-avgustgacha yopildi
Mirobod tumani Taras Shevchenko ko‘chasida 24/7 rejimda faoliyat yurituvchi ko‘ngilochar (gastronomik) ko‘chani tashkil etish bo‘yicha ishlar boshlandi.
Ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan Taras Shevchenko ko‘chasining Said Baraka va Fidokor ko‘chalari kesishmasidagi 250 metr qismi 25-avgust sanasiga yopilgani ma’lum qilindi.
Haydovchilarga vaqtincha aylanma yo‘llardan foydalanishlari tavsiya qilinmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 103011 | Инструменты