“Qamchiq” dovonida yomg‘ir va qor yog‘ayotgani sababli haydovchilarda tezlikni me’yordan oshirmaslik so‘raldi. Bu haqda "Qamchiqavtoyo‘l IYFK" xabar berdi.
Qayd etilishicha, A-373 “M-39 a/y.- Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon va Andijon orqali O‘sh” avtomobil yo‘lining 171-205 kilometrlari va 258-294 kilometrlari oralig‘ida yomg‘ir, 205-258 kilometrlari oralig‘ida qor yog‘moqda.
Tuman, havo harorati -2 daraja, yo‘llarda ko‘rish masofasi 900 metrni, shamol 3-10 m/s, namlik 87 foizni tashkil etmoqda. Qor yog‘ib turgan paytda dovonda avtotransport vositalarining to‘xtovsiz ikki tomonlama harakatlanishini ta’minlash maqsadida “Qamchiqavtoyo‘l IYFK” DM tomonidan yo‘l qoplamasida sirpanchiq bo‘lmasligi uchun tunu-kun mashina-mexanizmlar yordamida yo‘l qoplamasini qordan tozalash va qum-tuz aralashmasi sepish ishlari amalga oshirilmoqda. Avtotransport vositalari ikki tomonlama xavfsiz harakatlanmoqda.
“Qamchiq” dovoni orqali harakatlanayotgan barcha haydovchilardan ob-havo sharoitini inobatga olgan holda tezlikni me’yordan oshirmasdan, oraliq masofani saqlab harakatlanishlarini va barcha xavfsizlik choralarini ko‘rishlarini tavsiya qilamiz”, deyiladi xabarda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111411 | Инструменты