Huawei 1
"Qamchiq" dovonida yuk avtomobili yonib ketdi

Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, joriy yilning 16 yanvar kuni soat 15:50larda, Namangan viloyati, Pop tumani hududidan o'tgan A 373 "Toshkent-O'sh" avtomobil yo'lining 252-kilometrida, haydovchi, 1985 yilda tug'ilgan S.S. boshqaruvidagi "Mercedes-Benz" rusumli yuk avtomobilining dvigatel qismida qisqa tutashuv oqibatida yong'in yuzaga kelgan. Bu haqida IIV YHXBB xabar qildi.

Yong'in natijasida tan jarohati olganlar yo'q. Yong'in o't o'chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.

Mazkur hodisa yuzasidan Pop tumani IIB YHXB va FVB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, yong'in sodir bo'lish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

"Barcha haydovchilardan boshqaruvidagi transport vositasining texnik sozligiga e'tiborli bo'lib, yo'llarda ehtiyotkor bo'lishlarini so'rab qolamiz", - deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 41902 | Инструменты