Qarshi shahrida erkak va uning 3 nafar farzandi o‘z uyida isitish tizimidan chiqqan is gazidan zaharlanish oqibatida vafot etdi.
Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, voqea 17-dekabr kuni sodir bo‘lgan. Ota 46 yoshda, o‘g‘li 18, ikki qizi 16 va 10 yoshda bo‘lgan.
Hodisa yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tekshirish doirasida marhumlarning o‘lim sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.
Sud-tibbiyot ekspertizasining maʼlumotiga ko‘ra, marhumlarning o‘limi "is gazidan o‘tkir zaxarlanish"dan kelib chiqqanligi ko‘rsatilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60408 | Инструменты