Huawei 1
Qashqadaryoda 2,5 yoshli bola xususiy bog‘chada vafot etdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Kosonda 2,5 yoshli bola xususiy bog‘chada vafot etgani va bog‘cha rahbari qizaloqning yaqinlariga u mashinada dimiqib vafot etganini aytgani haqida xabarlar tarqaldi. 

Ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov xabar berdi

Qayd etilishicha, marhuma qizning o‘lim sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

"Tekshirish harakatlari har tomonlama, to‘liq va xolisona o‘tkazilishi va natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi", deyiladi Bosh prokuratura xabarida. 

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Qashqadaryodagi bog‘chada 2 yoshli qiz ariqqa cho‘kib halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72202 | Инструменты