Huawei 2
Qashqadaryoda fuqarolarni $35 ming evaziga Nikaragua va Isroilga yubormoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Samarqand tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar U.R., Z.M. va A.S. fuqaro H.Sh.ni 18 000 AQSH dollari evaziga Isroil davlatiga ishga yuborishni vaʼda qilib, shundan 2 000 AQSH dollarini olgan vaqtlarda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Shahrisabz shahar bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro A.K. 4 nafar fuqaroni Turkiya davlati orqali Nikaragua davlatiga ishga yuborishini vaʼda qilib, jami 35 000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga