Huawei 1
Qashqadaryoda maktab direktori o‘qituvchilarga forma uchun pul yig‘ishga ko‘rsatma berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Qarshi shahridagi 23-umumiy oʼrta taʼlim maktab direktori F. Sh.  tomonidan oʼquvchilarni formasi uchun pul yigʼimi tashkil etmoqdami? Forma majburiymi?" mazmunidagi xabarlar tarqaldi. 

Holat yuzasidan viloyat maktabgacha va maktab ta'lim boshqarmasi izoh berdi.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan o'rnatilgan tartib asosida o'rganish ishlari amalga oshirildi.

Oʼtkazilgan oʼrganish jarayonida aniqlanishicha, maktab direktori F.Sh. haqiqatdan maktab oʼqituvchilariga 2025-yilning 21- yanvar kuni maktabning Telegram guruhiga vediomurojaat qilib, barcha oʼquvchilarga “jaket” olinishi maqsadida koʼrsatma bergani aniqlandi.

Natijada maktab direktori F.Sh. ga nisbatan boshqarma boshligʼining 2025 yil 22-yanvardagi tegishli buyrugʼiga asosan oʼrtacha oylik ish haqining 25 foiz miqdorida “jarima” intizomiy jazo chorasi qoʼllanildi.

"Shuningdek, maktab jamoasiga kelgusida ushbu holatlarga yoʼl qoʼymaslik boʼyicha tushuntirish berilib, maktab sinf rahbarlaridan tushuntirish xatlari olindi", deyiladi munosabatda. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12318 | Инструменты