Qashqadaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi, viloyat prokuraturasi hamda viloyat IIB tomonidan navbatdagi nazorat reyd tadbiri o‘tkazildi. Reyd tadbirida Kasbi tumanida yashovchi fuqaro X.N. tomonidan yashash xonadonida 2 bosh itolg‘i qushi hech qanday ruxsatnomasiz saqlab kelinayotgani maʼlum bo‘ldi.
Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan dalolatnoma tuzilib, qushlar reabilitatsiya qilish va vaqtinchalik qonuniy to‘xtamga kelgunga qadar saqlab turish maqsadida Samarqand viloyatidagi “Zarafshon” milliy tabiat bog‘iga topshirildi.
Noqonuniy harakat natijasida, X.N. tomonidan hayvonot dunyosiga 1 milliard 687 million 500 ming so‘m zarar yetkazilganligi maʼlum bo‘ldi.
Maʼlumot o‘rnida, itolg‘i qushi yo‘qolib borayotgan tur sifatida O‘zbekiston Qizil kitobi, Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqining Qizil ro‘yxati hamda CITES Konvensiyasining II ilovasiga kiritilgan. Global populyatsiyasi 2010 yilda 5,4–15,4 ming juft ekanligi qayd etilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122701 | Инструменты