Huawei 1
Qashqadaryoda qutqaruvchilar tomonidan lift ichida qulflanib qolgan bolalar sog‘-salomat qutqarildi

Qashqadaryoda qutqaruvchilar tomonidan lift ichida qulflanib qolgan bolalar sog‘-salomat qutqarildi,deya xabar qilmoqda FVV.

27-mart kuni soat 13:30 da Qashqadaryo viloyati FVBga Qarshi shahar "Navo" MFYda joylashgan ko'p qavatli uylarning biridagi lift qulflanib qolganligi, uni ichida 4 nafar yosh bolalar qolib ketganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Xabarga ko‘ra, zudlik bilan aytilgan manzilga viloyat FVB qutqaruvchilari yetib borgan va maxsus asbob-anjomlar yordamida liftni ochib, bolajonlar qutqarilgan hamda ota-onalariga sog‘-omon topshirilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 33105 | Инструменты