Qashqadaryoda yovvoyi ayiq aholi yashash hududiga kelib, maktabga hujum qilgani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida ayiq aholi yashash hududiga kelib qolgani va maktab binosiga xujum qilgani aks etgan videolar tarqaldi.

Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi holat yuzasidan ma'lumot berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, ayiq 103-sonli maktab binosidagi derazalarga o‘zini urgan. Deraza sinishi oqibatida qon izlari paydo bo‘lgan.

Ayiqni maktabga kelishi oqibatida biror-bir o‘quvchi yoki pedagog xodimlarga tajovuz qilmagan. 

"Hech qanday jarohat ko‘rish holati mavjud emas" - deydi Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ul xodimi.

Holat Chiroqchi tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ullari hamda Tabiat resurslari vazirligi xodimlari ishtirokida o‘rganilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10617 | Инструменты