Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi munosabat bildirdi
Ijtimoiy tarmoqlarda "Kosondagi 20-maktabda majburiy mehnat, sinfxona ta'miri uchun pul yig'ilmoqda" nomli xabarlar tarqaldi.
Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.
Aniqlanishicha, sinfxona ta'miriga pul yig'imi yoki majburiy mehnat bo'yicha maktab direktori tomonidan biror-bir topshiriq berilmagan.
Bundan tashqari o'rganish davomida murojaatchi shaxsiga aniqlik kiritildi. Murojaatda keltirilgan vajlar bo'yicha biror asosi yo'q ekanligini bildirib o'tdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60902 | Инструменты