Huawei 1
Qaysi hududda kichik tadbirkorlik subyektlari ko‘proq faoliyat yuritmoqda?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, respublikamizda 2025-yilning 1-may holatiga 377 833 ta kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) faoliyat ko‘rsatmoqda.

Ularning soni yil boshidan buyon 19 717 taga oshgan.

Shuningdek, ular hududlar kesimida tahlil qilinganda eng yuqorisi Toshkent shahriga to‘g‘ri kelib, jamiga nisbatan  23,5  % ni tashkil etdi.

Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni hududlar kesimida:

Toshkent shahri – 88 883 ta

Toshkent viloyati – 36 619 ta

Samarqand viloyati – 32 901 ta

Farg‘ona viloyati – 29 523 ta

Qashqadaryo viloyati – 23 554 ta

Buxoro viloyati – 23 545 ta

Xorazm viloyati – 21 477 ta

Andijon viloyati – 20 933 ta

Namangan viloyati – 20 866 ta

Surxondaryo viloyati – 20 182 ta

Qoraqalpog‘iston Resp. – 18 194 ta

Navoiy viloyati –  17 071 ta

Jizzax viloyati – 14 682 ta

Sirdaryo viloyati – 9 403 ta

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61412 | Инструменты