Huawei 1
Qidiruvdagi qarzdor ota boshqa xotinining uyidan topildi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha O‘zbekiston tumanlararo sudining 2011 yildagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor erkak undiruvchi sobiq ayoli foydasiga voyaga yetmagan 1 nafar farzandi uchun aliment undirishi belgilagan edi.

Er aliment pullarini o‘z vaqtida to‘lashi to‘g‘risida ogohlantirilgan, ammo to‘lamasdan kelgan.

Shundan so‘ng, davlat ijrochisi qarzdorning uyiga bir necha marotaba borgan. Uni topish imkoni bo‘lmaganligi sababli, unga nisbatan qidiruv eʼlon qilingan. Boshqarma Qidiruv sho‘basi xodimlari 18 aprel kuni qarzdorning ijro hujjatida ko‘rsatilgan manziliga borgan.

Qarzdorning uyidagi barcha joylar ko‘zdan kechirildi, tadbir jarayonida, nikohidagi ayolining uyidaligi aniqlanib, xonadon kirilganda, uning yotoqxonada mast holatda ekanligi maʼlum bo‘lgan.

Shu kunning o‘zida qarzdor mavjud 33 million 405 ming so‘m aliment qarzdorligini to‘lamaganligi sababli, Jinoyat ishlari bo‘yicha Furqat tuman sudi tomonidan erga nisbatan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga