"Qimorning keltirib chiqaradigan yomonligi hattoki, sudxo'rlikdan ham kattaroqdir" - Homidjon domla Ishmatbekov qimor shariatimiz qaytargan eng og'ir gunohlardan biri ekanligini ta'kidlab o'tdi

Homidjon domla Ishmatbekov qimor jamiyat illati mavzusida ma'ruza qildi.

"Qimor shariatimiz qaytargan eng og'ir gunohlardan biri hisoblanadi. Mo'min musulmonlar yashaydigan jamiyatda Alloh har qanday adovat paydo qiladigan narsani man qilgan. Shular qatorida qimor ham bor. Odamlarga fol ochish, ichkilik, qimor kabi narsalar cheklangan. Bu yo'lga shayton sizlarni boshlaydi. Bu ishlardan to'xatb, uzoqlashib yurishni odamlarga davat qilishadi.

Qimor birpasda qo'li kelib qolsa, omadi kelib qolsa, birdan boy bo'lib qoladigan - yengil ish. Ya'nikimki, kimki qimor bilan shug'ullanadigan bo'lsa, u boshqa bir mehnat qilib, halol kasb qilib topishlikdan ko'ra, birdaniga boyib ketishlikni hayol qiladi. Shuning uchun o'zini qimorga uradi, Yutsa birdaniga boyib ketdi. Ammo yutqazsa, xarob bo'lishligi bu haqiqat. Dinimiz bunday bir yengil yo'l bilan, ayniqsa, birovlarning haqqidan mol topishlikdan qaytargan. Chunki qimorda aynan o'zgalarning haqqini o'zlashtirish bor.

"Qimorning ta'rifi shundaki, bir nechta odamlar o'rtaga pul tikib bir o'yin o'ynashadi va yutgan odam o'rtaga to'plangan pulni olib ketadi. Boshqalar esa o'sha tikkan pullaridan mahrum bo'ladi. Demak bu degani boshqalarning hisobidan boyishlik hisoblanadi. Hadisa ham odamlarning mollarini botil yo'l bilan yemanglar deyilgan.

Ulamolar aytadiki, qimorning keltirib chiqaradigan yomonligi hattoki, sudxo'rlikdan ham kattaroqdir. Qimor o'ynagan odam pullarini yutqazib qo'ysa, o'sha birga o'ynagan odamlariga nafrat ko'zi bilan qaraydi. Unda adovat paydo bo'ladi. Bu o'yin Allohni unuttiradi, namozdan chalg'itadi. Shuning uchun Islom dinida qimor sudxo'rlikdan oldin xarom qilingan deyiladi", - deya ta'kidladi domla.

Shuningdek, domla bugungi kunda yosh yigitlar uyda o'tirib olib, telefonda qimor o'ynayotgani va bunga o'rganib qolib, biryo'la butun hayotini ushbu internet o'yinlariga tikib yuborayotganini aytib o'tdi. Bunday yo'l bilan yurish yoki boy bo'lishlik, bizning dinimizda xarom qilingan. Ota-onalar ham farzandlarini nazorat qilib, internetdagi qimor o'yinlaridan foydalanmasligini aytishi kerak. 

Mavzuga doir

- "Internet hech qachon ustoz bo‘lolmaydi. Ayniqsa, diniy mavzuda" - O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi Nuriddin Xoliqnazarov

- Muftiy hazrat: Kim bizda isrof yo‘q desa, mahallalarimizda bo‘layotgan to‘ylarga nazar tashlasin

- O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi Nuriddin Xoliqnazarov Toshkent shahar aholisini gaz va elektr energiyasini isrof qilmaslikka chaqirdi

- Muftiy Nuriddin domla: Ayol - umr yo‘ldosh, jannatda ham davom etadigan jufti halol

- "Ona o‘g‘liga yo meni, yo ayolingni tanla deb shart qo‘yishi gunoh" - muftiy oilalar buzilishining oldini olish haqida gapirdi

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 30504 | Инструменты