Muftiy Nuriddin domla: Ayol - umr yo‘ldosh, jannatda ham davom etadigan jufti halol
Mazkur chiqishda muftiy Nuriddin domla hazratlari erlar ayollarni omonat o‘laroq Yaratgandan qabul qilgani, ushbu omonatga zinhor xiyonat qilmaslik, Payg‘ambar alayhissalom oilani asrab-avaylashga doim buyurganlari, ayollar haqi borasida Allohdan qo‘rqish kerakligi, erkaklarning eng yaxshisi ahli ayoliga yaxshi muomalada bo‘lgani deya sifatlangani, ayolni ona sifatida ham eʼzozlash zarurligiga urg‘u qaratdilar. Yakunda ayolga umr yo‘ldosh, jannatda ham davom etadigan jufti halol sifatida qarash lozimligini bayon etdilar.
"Hamma ayollar Alloh tomonidan berilgan omonatdir, hadyadir. Barcha erkaklar erkaklarning eng yaxshisiman deydi. Hech qachon men yomonman demaydi. Sizlarning yaxshilaringiz ayoliga yaxshi munosabatda bo'ladigani deyilgan hadisda", - deydi Nuriddin domla. "Hech qachon ayolingizga qulday munosabatda bo'lmang", - deya alohida ta'kidlagan domla.
Mavzuga doir
Muftiy hazrat: Kim bizda isrof yo‘q desa, mahallalarimizda bo‘layotgan to‘ylarga nazar tashlasin
Alpha version: 0.9.1.19 build 30504 | Инструменты