Huawei 1
"Qishloq qurilish bank" endi ikkilamchi bozor uchun ham ipoteka krediti ajratadi

2020 yil 30 oktyabr kuni ATB “Qishloq qurilish bank” hamda “O'zbekiston ipotekani qayta moliyalash kompaniyasi” o'rtasida qayta moliyalash bo'yicha Bosh kelishuv imzolandi.

Marosimda ATB “Qishloq qurilish bank” Boshqaruv raisi o'rinbosari B.Bobojonov va O'zbekiston ipotekani qayta moliyalash kompaniyasi bosh direktori M.Farmonov bugungi kunda ipoteka bozorini rivojlantirish hamda yangi moliyaviy yechimlarni qo'llagan holda aholining ommabop uy-joylarga oshib borayotgan ehtiyojlarini ta'minlash muhimligini ta'kidladilar.

ATB “Qishloq qurilish bank” ipoteka kreditlarini ajratish bo'yicha mamlakatdagi yetakchi banklardan biri hisoblanadi. Yangi tuzilgan kelishuv bankning ipoteka bozoridagi ishtirokini yanada kengaytirishda qo'shimcha imkoniyatlar yaratadi. Xususan, birlamchi hamda ikkilamchi uy-joy bozoridan uy olish uchun uzoq yillik, maqbul foizlar asosida fuqarolarga ajratiladigan ipoteka kreditlari hajmi kengayadi.

Alohida qayd etish kerak, O'zbekiston ipotekani qayta moliyalash kompaniyasi mablag'larining banklar uchun amaldagi va ilgarigi moliyalashtirishlarga nisbatan bir qator afzalliklarga ega.

Xususan, banklar tomonidan ajratiladigan ipoteka kreditining ommabopligi e'tiborga molik. Ya'ni bu kredit liniyasi o'rta hamda past daromadga ega bo'lgan uy-xo'jaliklarining uy-joy sotib olishlari uchun mo'ljallangan. Asosiysi, ikkilamchi bozordan uy-joy sotib olish hamda uy-joyni ta'mirlash uchun kreditlar olish imkoniyati mavjud.

Eng muhimi, ATB “Qishloq qurilish bank” va O'zbekiston ipotekani qayta moliyalash kompaniyasining o'zaro hamkorligi uy-joyga muxtoj fuqarolarimizning ehtiyojlarini ta'minlashga o'ziga xos hissa bo'lib qo'shiladi.

Izohlar: 20
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish
  • Shoira Kamiljanovna
    51
    Shoira Kamiljanovna 3 yil avval

    Uy joy uchun ikkilamchi bozorga kredit keldimi

  • Sarvar Xalikov
    0
    Sarvar Xalikov 3 yil avval

    Assalomu alekum. Ikkilamchi credit ishga tushdimi?


Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60602 | Инструменты