Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning normativ qiymatini aniqlash tartibi belgilandi

Hukumat qarori (744-son, 26.11.2025 y.) bilan “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning normativ qiymatini aniqlash tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, normativ qiymat normativ ko‘rsatkichlar, yer kadastri, ekilgan qishloq xo‘jaligi ekinlari va tuproq bonitet balli maʼlumotlarini hisobga olgan holda foyda, rentabellik asosidagi daromadli yondashuvdan foydalanib aniqlanadi.

Normativ qiymatni aniqlash natijalari davlat yer kadastriga kiritiladi.

Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining qishloq xo‘jaligiga
mo‘ljallangan yerlari normativ qiymatni aniqlash obyekti hisoblanadi.

Normativ qiymat Qishloq xo‘jaligi vazirligining “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti tomonidan aniqlanadi.

Har bir qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchisi bo‘yicha qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari va boshqa baholangan yerlarning normativ qiymati to‘g‘risida maʼlumotnoma tuziladi.

Maʼlumotnoma qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchisiga topshirish uchun "Elektron hukumat" tizimi orqali Soliq qo‘mitasiga taqdim etiladi.

Normativ qiymatning hisob-kitobi natijalari ming so‘mgacha bo‘lgan aniqlikda taqdim etiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112811 | Инструменты