Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 1-fevral kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Kechasi 1-3, kunduzi 8-10 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Kechasi 1 daraja sovuq, 4 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Kechasi 1 daraja sovuq, 4 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Kechasi 2-7, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi 1 daraja sovuq, 4 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi. Joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi 1-6 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq fevral oyi davomida qanday ob-havo kuzatilishi ma'lum qilingan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60602 | Инструменты