Huawei 1
Qiynoqqa solishning oldini olishga qaratilgan qonun loyihasi masʼul qo‘mitaga qaytarildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida jinoyat ishini yuritish chog‘ida shaxsni qiynoqqa solish holatlarining oldini olishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi

Mazkur qonun loyihasi bilan “Jinoyat ishini yuritish chog‘ida qamoqda saqlash to‘g‘risida”gi Qonunga tegishli qo‘shimchalar kiritish orqali, shaxsni tergov hibsxonasiga joylashtirishdan oldin uni tergov hibsxonasining o‘zida majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi belgilanmoqda.

Tibbiy ko‘rik davomida shaxsning tanasida jarohat va shikastlanishlar aniqlangan taqdirda zudlik bilan prokurorga xabar berilishi tartibi o‘rnatilmoqda.

Majlisda ayrim atamalarga aniqlik kiritish uchun qonun loyihasi mas’ul qo‘mitaga qaytarildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11503 | Инструменты