Huawei 1
Qizini ayiq qafasiga uloqtirgan ona 4 yil o‘tib uni pichoqlab o‘ldirdi

Toshkent shahri Sergeli tumanida yashovchi ayol o‘z qizining qotiliga aylandi

Maʼlum bo‘lishicha, 1991 yilda tug‘ilgan Zilola To‘laganova maktabga chiqqaniga 1 hafta bo‘lgan 7 yoshli qizi Zarina Ahadovaga oshxona pichog‘i bilan jarohat yetkazgan. Qizaloq olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Sergeli tumanidagi “Ziyolilar” MFY vakilining aytishicha, ruhiy kasalliklar shifoxonasida davolanib kelgan ayolga 2025 yil 2 avgust kuni shifoxonadan javob berilgandi.

«Bu ayol ruhiy kasalliklar shifoxonasida davolanayotgandi. 2 avgust kuni u shifoxonadan chiqarilgan, ko‘chirma bilan berilgan, ambulator davolanishga yozib berishgan. Xonadonga mahalla yettiligi bilan borib, o‘rganib, suhbatlar o‘tkazib bordik. Ayolning holati yaxshi edi, savollarga yaxshi javob berdi. 2 nafar farzandi bor, bir qiz va bir o‘g‘il. Kutmagandik lekin. Hamdardlik bildiramiz yaqinlariga», degan u.

Holat yuzasidan Sergeli tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va ayol protsessual tartibda ushlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91014 | Инструменты