Huawei 1
Nikohlanuvchi shaxslardan tibbiy ko‘rik natijalarini taqdim qilish talabi bekor qilinadi

“Davlat xizmatlarini ko'rsatish tizimini takomillashtirish hamda sohada byurokratik tartibotlarni tubdan qisqartirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF–157-son, 08.09.2025-y.) qabul qilindi.

Farmonni qabul qilishdan ko'zlangan asosiy maqsadlar etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

- 2028-yilgacha YIDXP (my.gov.uz) va davlat xizmatlari markazlari orqali taqdim etiladigan xizmatlar sonini 900 taga yetkazish;

- proaktiv davlat xizmatlari sonini 53 taga hamda kompozit davlat xizmatlarini 74 taga yetkazish.

Farmonga ko'ra, 2025-yil 1-dekabrdan idoralararo axborot almashinuvini yo'lga qo'yish orqali quyidagilar bekor qilinadi, jumladan:

- nikohni rasmiylashtirishda FHDYO organlari tomonidan nikohlanuvchi shaxslardan tibbiy ko'rik natijalarini taqdim qilish talabi;

- nikohdan sud qarori asosida ajratilganda nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvini shakllantirish uchun FHDYO organlari tomonidan sud qarorining talab qilinishi;

- avtomototransport vositasining ro'yxatdan o'tganlik guvohnomasida avtomototransport vositasi mulkdorining manzilini ko'rsatish talabi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91000 | Инструменты