Huawei 2
Qo‘qon aeroportiga tutash hududlardagi g‘isht ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bo'yicha tarqalgan xabarga izoh berildi

Qo‘qon aeroportiga tutash hududlardagi g‘isht ishlab chiqarish korxonalari faoliyati yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Farg‘ona viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

Xabarga asosan Farg‘ona viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Uchko‘prik tumani bo‘limi tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Tumandagi «Oltin vodiy» va «bog‘I-bo‘ston» MFY “Qo‘qon” Erkin iqtisodiy sanoat zonalari hududida faoliyat ko‘rsatayotgan g‘isht ishlab chiqarish zavodlarining tutun mo‘rilarining belgilangan meʼyorlar bo‘yicha  balandligini taʼminlash, yuqori samaradorlikka ega chang-gaz ushlash uskunalari (filtr) o‘rnatish choralarini ko‘rish yuzasidan tuman bo‘limi tomonidan ogohlantirish xatlari berilgan.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining "Ekologik ekspertiza to‘g‘risida"gi qonunining 11,13-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 21 yanvardagi 14-sonli "Ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori, «Atrof-muhitga taʼsiri to‘g‘risida ariza» loyihasi hamda «Ekologik oqibatlar to‘g‘risida ariza» loyihalari asosida faoliyat yuritishlari yuzasidan tuman Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi tomonidan doimiy nazorat ishlari olib borilmoqda.

Ko‘rsatmalarga rioya qilmagan ekologik tadbirlarni bajarishdan bo‘yin tovlayotgan tadbirkorlarni faoliyatini o‘rganish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 13-sentyabrdagi 374-sonli "Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar o‘tkazishni muvofiqlashtirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga asosan tekshirish o‘tkazish uchun Farg‘ona viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasiga maʼlumot taqdim etilgan.

Uchko‘prik tuman Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi "Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida"gi, "Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida"gi Qonunlari talablari bajarilishi yuzasidan korxonalarda profilaktik tadbirlar amalga oshirilib, nazorat kuzatuv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga