Ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘qonda TTYO mashinasida o‘tin tashiyotgani aks etgan video tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan Respublika TTYO markazi Matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.
Maʼlum qilinishicha, mazkur holat joriy yilning 13 mart kuni Qo‘qon shahar 10-sonli oilaviy poliklinikaga tegishli tibbiy yordam avtomashinasida sodir bo‘lgan. Haydovchi G‘.A. o‘z boshimchalik bilan daraxt ko‘chatlarini yuklagan holatda harakatlangani aniqlangan.
Oqibatda haydovchi G‘.A. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.
Shuningdek, poliklinika bosh shifokori F.M.ga avtomashinalardan unumli foydalanish choralarini ko‘rish bo‘yicha haydovchilar bilan tushuntirish ishlarini olib bormagani uchun “Hayfsan” intizomiy jazosi berilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31513 | Инструменты