Qo‘qon shahrida 11-sinf o‘quvchisi mashina boshqarib odam urib yuborganligi haqidagi xabar va unda keltirilgan holatlar Farg‘ona viloyati IIB tomonidan o‘rganib chiqildi.
Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 25-aprel kuni Qo‘qon shahar U.Nosir ko‘chasidagi piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan piyodachi 2000-yilda tug'ilgan B.M.ni 2006-yilda tug'ilgan haydovchi Q.A. o‘z boshqaruvida bo‘lgan "Matiz" rusumli avtomashinasida urib yuborgan.
Haydovchi Q.A. piyodachi B.M.ga birinchi yordam ko‘rsatib, shifoxonaga olib borgan.
Hozirda B.M.ning olgan tan jarohatining og‘irlik darajasini aniqlash maqsadida Sud tibbiy ekspertizasi tayinlangan bo‘lib, tergovga qadar tekshiruv harakatlariga kirishilgan.
Shuningdek, xabarda keltirilgan IIO xodimining xatti-harakatlari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122407 | Инструменты