Andijon viloyatida Qo‘rg‘ontepa tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi va kadrlar bo‘limi boshlig‘i ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo‘rg‘ontepa tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda tuman tibbiyot birlashmasining kadrlar bo‘limi boshlig‘i N.X. fuqaro X.M.ni ushbu tibbiyot birlashmasiga ishga qabul qilish masalasini hal qilib berishi evaziga 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlanib, uning ko‘rsatuviga asosan davom etgan tadbirda Qo‘rg‘ontepa tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchisi Ya.A. fuqaro X.M.ni yuqumli kasalliklar bo‘limiga ishga qabul qilishi evaziga o‘z xizmat xonasida kadrlar bo‘limi boshlig‘idan 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111412 | Инструменты