“Oʻzenergoinspeksiya” Sirdaryo viloyat hududiy boshqarmasi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorligida oʻtkazilgan nazorat tadbirlarda Yangiyer shahrida joylashgan “Y-Z.E.” MCHJga qarashli qurilish materiallarini ishlab chiqarish binosida hisoblagichsiz to‘g‘ridan to‘g‘ri tarmoqqa ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra gaz ta’minoti korxonasiga 5 mlrd 25 mln so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111423 | Инструменты