O‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar M.Yu., A.J. va g.Yu. o‘zaro til biriktirib, “Shimom” MFY hududidagi “M.m.” MCHJga qarashli binoda qo‘lbola alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yashirin sex tashkil etgani fosh etilgan.
Ushbu sexdan 12 420 dona qalbaki aksiz markalar, 2 ta rulonda “QR-kod” markirovkalar turli hajmdagi “QARATAW” hamda “Chistaya vodka” nomli 1 788 dona qo‘lbola alkogol mahsulotlari, 1 420 litr spirt, 8 260 dona bo‘sh shisha idishlar va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan jami 164,5 mln so‘mlik tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122615 | Инструменты