Huawei 1
Qoraqalpogʻistondagi koloniyada 47 nafar mahkumning jarrohlik amaliyotiga ehtiyoji borligi aniqlandi

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ning Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi mintaqaviy vakili 27-son manzil-koloniyasiga monitoring tashrifini amalga oshirdi. Unda Ijtimoiy himoya milliy agentligi Respublika boshqarmasi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi masʼul vakillari ham ishtirok etishdi.

Monitoring davomida mahkumlarning yashash sharoitlari, jumladan, yotoq joylari, yuvinish xonalari, tibbiyot boʻlimi, oshxona va oziq-ovqat mahsulotlari saqlanayotgan joylar, mehnat sharoitlari hamda uzoq muddatli uchrashuv xonalari koʻzdan kechirildi va aniqlangan kamchiliklar boʻyicha tavsiyalar berildi.

Shundan soʻng, Ombudsmaning Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi mintaqaviy vakili mahkumlar bilan yakka tartibda suhbatlashib, muassasadagi sharoitlar boʻyicha fikrlarini oʻrgandi va murojaatlarini qabul qildi.
Shu kuni koloniyadagi barcha mahkumlar 10 nafar tor doiradagi shifokorlar guruhi tomonidan ultratovush tekshiruvi (UTT), EKG va rentgen uskunalari yordamida tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi.

Tibbiy koʻrik jarayonida 47 nafar mahkum va mahkumaga “Osteomiyelit”, “Osteoxondroz” tashhislari qoʻyilib, statsionar davo muolajalari buyurildi. 15 nafar mahkum shifokorlar tavsiyasiga koʻra dori-darmon vositalari bilan taʼminlandi. Bundan tashqari, hududdagi poliklinikaning kardiologiya boʻlimida 20 nafar shaxsga ambulator va statsionar davo muolajalari oʻtkazilishi belgilandi.

Shuningdek, Manzil-koloniyada jazo muddatini oʻtayotgan 4 nafar mahkumga Ijtimoiy himoya milliy agentligi Respublika boshqarmasi xodimlari tomonidan shifokor tavsiyasi bilan koʻzoynaklar berildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122510 | Инструменты