DXX Samarqand viloyati boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti viloyat boshqarmasi xodimlari Paxtachi tumanida tezkor tadbir o'tkazdi.
Shu tumanda yashovchi G'.Sh. va K.I. tarkibida oltin bo'lgan ruda toshlarini “Qoraqo'ton” oltin koni hududidan noqonuniy ravishda qazib olib, yashash manzilida qayta ishlash orqali sof oltin quyma shakliga keltirgan holda mahalliy fuqaroga uning 145 grammini 205 mln. so'mga sotayotgan vaqtda qo'lga olinib, protsessual tartibda hujjatlashtirilgan.
Hozirda, ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo'zg'atilishi rejalashtirilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112200 | Инструменты