Huawei 1
Qozog‘istonda elektr taʼminoti uzilgani O‘zbekistonga ham taʼsir qildi

19 iyun kuni Qozog‘istondagi “Ekibastuz” energetika uzelida noqulay ob-havo sharoiti tufayli 500 kV elektr uzatish tarmog‘i favqulodda o‘chdi. Bu O‘zbekistonga ham taʼsir qildi, deb xabar berdi Energetika vazirligi.

Qayd qilinishicha, favqulodda o‘chish oqibatida Markaziy Osiyo yagona energetika tizimida, shu jumladan, O‘zbekistonda ham chastota tushishlari kuzatilgan.

«Avariyaviy holatni bartaraf etish maqsadida ayrim hududlarda qisqa muddatli majburiy cheklovlar kiritildi. Soat 19:30 da 500 kV elektr uzatish liniyasidagi nosozlik bartaraf etildi va taʼminot tiklandi», deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62019 | Инструменты