Huawei 1
O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan Xitoy kompaniyalari soni 4 mingdan oshdi

Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2025 yilning 1 iyun holatiga 16 405 ta chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Ularning 4 087 tasi qo‘shma va 12 318 tasi xorijiy korxonalardir.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirganda 14,3 foizga oshgan.

Chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar davlatlar kesimida quyidagicha:

Xitoy – 4 068 ta

Rossiya – 3 086 ta

Turkiya – 1 997 ta

Qozog‘iston – 1 136 ta

Afg‘oniston – 682 ta

Janubiy Koreya – 674 ta

BAA – 368 ta

Hindiston – 326 ta

AQSH – 320 ta.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 82020 | Инструменты