Huawei 1
Qozog‘istonga ishlash uchun borayotgan o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

So‘nggi vaqtlarda ishlash maqsadida Qozog‘istonga borgan yoki mehnat faoliyatini olib borayotgan O‘zbekiston fuqarolariga o‘zini elchixona yoki konsulxona vakili sifatida tanishtirib, yurtdoshlarimizning hujjatlarini rasmiylashtirish uchun ulardan pul va pasportlarini olish holatlari kuzatilmoqda.

Yurtdoshlarimizdan bunday firibgarlarga ishonmaslik va shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni begonalarga bermaslikni so‘raymiz hamda ishlash yoki vaqtincha yashash ruxsatnomalarni olish uchun fuqaroning shaxsan o‘zi aholiga xizmat ko‘rsatish markazlariga (SON) murojaat etish zarurligini eslatamiz.

Shuningdek, o‘zini “diplomatik vakolatxona xodimiman” deb tanishtirgan shaxslarga duch kelgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasining Qozog‘iston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalariga (Ostona shahrida: +8 (7172) 95-45-87, Olmaota shahrida: +8 (727) 390-26-16, Aqtau shahrida: +8 (729) 277-71-17) yoki quyidagi raqamlarga murojaat qilishni so‘raymiz:

- Qozog‘iston Respublikasi Bosh prokuraturasi: 115;

- Qozog‘iston Respublikasi politsiyasi: 102.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga