Qozog‘istonning Kaspi.kz texnologik kompaniyasi O‘zbekistondagi Humo to‘lov tizimining operatori bo‘lgan Milliy banklararo protsessing markazidagi 100 foiz davlat ulushini sotib olish bo‘yicha savdolarda ishtirok etmaslikka qaror qildi.
Avgust oyida kompaniya Humo‘ni xususiylashtirishdan manfaatdorligini bildirib, Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga majburiyatga ega bo‘lmagan xat yuborgandi.
"Ayni paytda biz bu jarayonda ishtirok etishni davom ettirmaslikka qaror qildik. O‘zbekiston iqtisodiyoti jadal rivojlanmoqda, mamlakat hukumati esa islohotlarning jozibador dasturini amalga oshirmoqda… Biz O‘zbekistonning qiziqarli raqamli transformatsiyasida ishtirok etish uchun imkoniyatlarni izlashni davom ettiramiz", — deyiladi xabarda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111617 | Инструменты