Huawei 1
Qurbon hayitining ehtimoliy sanasi ma’lum qilindi

Qurbon hayitining ehtimoliy sanasi 28-iyun bo‘lishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi xabar qildi.

Qayd etilishicha, Qurbon hayiti bayramining aniq sanasi yangi oy chiqishiga qarab, bayramdan 10 kun oldin rasman e’lon qilinadi. Bu taxminan iyun oyining oxirgi kunlariga to‘g‘ri keladi. Ehtimoliy sana 28-iyun bo‘lishi mumkin.

Ma’lumot o'rnida, bayram sanasini belgilash va nishonlashda shariatda yangi oy chiqishiga qaraladi. 

Ramazon hayitidan 70 kunlar o‘tib, zulhijja oyining boshlanishida taxminan o‘ninchi sanalarga to‘g‘ri keladi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70609 | Инструменты