Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida atmosfera havosi ifloslanishining oldini olish, qurilish tashkilotlarining mas’uliyatini oshirishga qaratilgan qonun loyihasi konseptual jihatdan ko‘rib chiqildi.
Ta’kidlanganidek, bugungi kunda qurilish va urbanizatsiya ko‘lamining kengayishi, qurilish obyektlari maydonlaridan chang va qum zarrachalarining shamol orqali havoga ko‘tarilishi holatlari atmosfera havosining yomonlashishiga sabab bo‘lmoqda.
Shu bilan birga, qonunchilikda atmosfera havosini muhofaza qilish talablari va shaharsozlik qoidalari doirasida aynan qurilishda changning havoga ko‘tarilishiga yo‘l qo‘yganlik uchun aniq javobgarlik nazarda tutilmagan.
Shundan kelib chiqiib, qonun loyihasi bilan qurilish maydonlarida atmosfera havosini muhofaza qilish talablarini buzganlik uchun qurilish tashkilotlari mansabdor shaxslarining javobgarligini belgilash taklif etilmoqda. Bunda, Davlat ekologik nazorati inspeksiyasi mazkur huquqbuzarliklarni aniqlash va javobgarlikka tortishga mas’ul etib belgilanmoqda.
Huquqbuzarlik qurilish maydonlarida vizual tarzda va “aspirator” uskunasi orqali havoning ifloslanishi, qurilish uchun belgilangan gigiyenik normativlarga asosan aniqlanadi.
Deputatlarning qayd etishicha, qonun loyihasining qabul qilinishi fuqarolarning o‘z hayoti va sog‘lig‘i uchun qulay atmosfera havosidan foydalanish huquqlarini ta’minlashga, tartibsiz ravishda tashlanadigan chang va qum zarrachalarining havoga ko‘tarilishini bartaraf qilishga xizmat qiladi.
Qonun loyihasi deputatlar birinchi o‘qishda qabul qilindi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122706 | Инструменты