Shuningdek, Toshkent shahridagi bir qator markaziy jome masjidlariga yangi imom-xatiblar tayinlandi
2023-yil 16-mart kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi, muftiy Nuriddin domla hazratlari Toshkent shahridagi "Minor" jome masjidi imom-xatibi vazifasiga Rahmatulloh domla Sayfuddinov tayinlanganini e’lon qildi.
Shuningdek, Toshkent shahridagi quyidagi markaziy jome masjidlarga O‘zbekiston musulmonlari idorasi buyrug‘i bilan yangi imom-xatiblar tayinlandi:
- Chig‘atoy dahasidagi “Imom Buxoriy” masjidi imom-xatibi Sadriddin domla Abdurashidov Olmazor tumani “Ibrohimboy Orifjonboy” jome masjidi imom-xatibi vazifasiga;
- Ko‘kcha dahasidagi “Shayx Zayniddin” jome masjidi imom-xatibi Yahyo domla Abdurahmonov Chig‘atoy dahasidagi “Imom Buxoriy” jome masjidi imom-xatibi vazifasiga;
- “Minor” jome masjidi imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov Toshkent shahri bosh imom-xatibi vazifasidan ajralmagan holda Ko‘kcha dahasidagi “Shayx Zayniddin” jome masjidi imom-xatibi vazifasiga tayinlandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21311 | Инструменты