Huawei 1
“Raqamli loyihalar ofisi” qanday vazifani bajaradi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlari tizimini raqamli transformatsiya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish maqsadida Ichki ishlar vazirligi huzurida “Raqamli loyihalar ofisi” tashkil etiladi va unga Raqamli texnologiyalar vazirligining malakali mutaxassislari jalb etiladi.  

Shuningdek, jinoyatchilikka qarshi kurashish va jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida iqtidorli yoshlar, IT-park rezidentlari bilan hamkorlikda innovatsion dasturiy mahsulotlar va startap loyihalari ishlab chiqish yo‘lga qo‘yiladi.  

Eng muhimi, qarorda aholiga elektron davlat xizmatlarini proaktiv va kompozit shaklda taqdim etish orqali qo‘shimcha qulayliklar yaratish bo‘yicha bir qator topshiriqlar belgilandi.  

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50616 | Инструменты