O‘zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari ko‘magida Rossiyaning Yekaterinburg shahrida mushkul ahvolda qolgan o‘zbekistonliklar doimiy yashash manziliga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, S.L. Yekaterinburg shahriga turmush o‘rtog‘i bilan vaqtincha ishlash maqsadida borgan qizi M.O. ning tug‘ruqxona bilan bog‘liq muammolarini hal qilib berishni so‘rab murojaat qilgan.
Bosh konsulxona huzuridagi “Ayollar kengashi” raisi mazkur murojaatni har tomonlama o‘rganib chiqqan. Ma’lum bo‘lishicha, M.O. Yekaterinburg shahrida turmush o‘rtog‘i, onasi va voyaga yetmagan farzandi bilan yashab kelgan. Turmush o‘rtog‘i oilaviy kelishmovchilik sabab ularni tashlab ketgan.
Mahalliy shifokorlar bilan olib borilgan maslahatlar natijasida bo‘lg‘usi onaning homilasiga va O‘zbekistonga qaytishi uchun tahdidlar yo‘qligi ma’lum bo‘lgan.
Bosh konsulxona xodimlari va Sverdlovsk viloyatidagi faol vatandoshlar ko‘magida ularning doimiy yashash manziliga yetib olishi uchun “Yekaterinburg-Toshkent” yo‘nalishidagi samolyotga chipta xarid qilib berilgan. O‘zbekiston diplomatlari mazkur oilani joriy yilning 3 may kuni Yekaterinburg shahridagi “Kolsovo” xalqaro aeroportidan Toshkent shahriga kuzatib qo‘ygan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты