Raqobat qo‘mitasi tovar-xomashyo birjasida AI-80 avtomobil benzini narxining yuqori chegarasini belgiladi.
Qo‘mitaning 12-noyabrdagi topshirig‘iga ko‘ra, chorshanba kunidan boshlab AI-80 benzini narxining sotuvchining boshlang‘ich narxiga nisbatan 5% miqdorida o‘sishiga cheklov joriy etildi. Bundan tashqari, bitta qo‘lga 4 tonna benzin sotish cheklovi ham saqlab qolinadi.
Shunday qilib, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi ishlab chiqargan benzinning dastlabki narxi bir tonnasi uchun 8 931 005 so‘mni tashkil etsa, joriy etilgan cheklovni hisobga olgan holda bir tonna benzinning eng yuqori narxi 9 377 555,25 so‘mga teng bo‘ladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111412 | Инструменты