Huawei 1
Raqobat qoʻmitasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov reklama qilgani aytilgan kiyim doʻkoniga moliyaviy jarima qoʻlladi

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ishtirokida “KINGSMAN UZBEKISTAN” kiyimlar do‘koni haqidagi reklama bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilayotganligini maʼlum qilgan edi.

Qo‘mitaning Maxsus komissiyasi tomonidan tegishli tartibda ish qo‘zg‘atilib, natijasi bo‘yicha  “KINGSMAN UZBEKISTAN” brendi ostida faoliyat ko‘rsatuvchi “Boutique” MCHJ  "Reklama to‘g‘risidagi" qonunning 16-moddasini, yaʼni reklamada tovar davlat organlari yoki ularning mansabdor shaxslari tomonidan maʼqullanganligini ko‘rsatish bo‘yicha taqiq talablarini buzgan deb topdi.

Natijada, ushbu korxonaga nisbatan belgilangan tartibda moliyaviy jarima qo‘llash haqida qaror qabul qilindi va qonunbuzilishi holatini bartaraf etish va kelgusida takrorlamaslik yuzasidan ko‘rsatma berildi.

Maxsus komissiya tomonidan ishni ko‘rib chiqish jarayonida Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning reklamada ishtirokini reklama beruvchi, reklama tayyorlovchi yoki reklama tarqatuvchi sifatida ishtirok etganligining alomatlari aniqlanmadi. 

Ozodbek Nazarbekov tomonidan reklamani o‘z shaxsiy ijtimoiy tarmoqlari va boshqa rasmiy tarmoqlar orqali tarqatmaganligi "Reklama to‘g‘risidagi" qonuniga asosan reklamaning aylanishi sohasidagi ishtirokchisi sifatida baholanmaydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122507 | Инструменты