Huawei 1
Raqobat qo‘mitasi poyezddagi noqulayliklarni nazoratga olganini ma'lum qildi

Avvalroq, "Xiva-Andijon" yo'nalishidagi poyezdda konditsioner “anomal issiq sabab” ishlamagani aytilgani haqida xabar bergan edik. Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbek yulduzlari tomonidan yo‘lovchi poyezdlarida konditsioner tizimi ishlamayotgani haqidagi xabarlar keng muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. 

Holat yuzasidan Raqobat qo'mitasi rasmiy munosabat bildirdi

Qayd etilishicha, bundan avval ham ijtimoiy  tarmoqlar orqali shu ko‘rinishdagi tanqidiy materiallar eʼlon qilingan edi va Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi bu holatlarni o‘rganish va aniqlik kiritish bo‘yicha “O‘ztermiyo‘lyo‘lovchi” AJ ga tegishli tartibda so‘rov yuborgan, hozirda qo‘mita tomonidan bu kabi holatlar yuzasidan tegishli o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Yuqoridagi holatlar ham shu o‘rganishlar doirasida ko‘rib chiqilishini va ushbu holatlar qo‘mitaning nazoratiga olinganligini maʼlum qilindi. 

O‘rganish yakunlari yuzasidan qo‘shimcha axborot taqdim etiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 103013 | Инструменты